ccTLD.uz

.UZ milliy domeni yangi marraga erishdi — domen nomlari soni 180 mingdan oshdi
.UZ milliy domenida ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlari soni 180 mingdan oshdi. Bu milliy internet segmentining rivojlanib borayotgani va .UZ domen zonasiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Yildan yilga tobora ko‘proq kompaniyalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar o‘z loyihalari, xizmatlari hamda tashabbuslarini internetda namoyish etish uchun .UZ domenini tanlamoqda.

Ushbu yangi marraga erishish O‘zbekiston milliy domen makonining barqaror rivojlanishi va .UZ domeniga bo‘lgan talab ortib borayotganining muhim ko‘rsatkichidir. .UZ domeni ma’muriyati infratuzilmani takomillashtirish, raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda foydalanuvchilar va domen bozori ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

DNSSEC: keng tarqalgan afsonalarni faktlar bilan tekshiramiz
CircleID xalqaro sohaviy platformasida DNSSEC texnologiyasi haqidagi keng tarqalgan qarashlar va uning zamonaviy imkoniyatlarini faktlar asosida tekshirishga bag‘ishlangan “Common Beliefs About DNSSEC Put to the Test: An Invitation to Fact-Check Your Assumptions” nomli maqola e’lon qilindi.

.UZ domeni ma’muriyati xodimlari maqolani tayyorlash jarayonida ishtirok etgan. Ularning ismlari maqolada keltirilgan faktlarni qo‘llab-quvvatlagan ekspertlar ro‘yxatida qayd etilgan.

Maqola muallifi, deSEC notijorat tashkiloti vakili Barbara Jantzen DNSSEC texnologiyasining texnik ishonchliligi, xavfsizligi, joriy etish murakkabligi va ekspluatatsiya xarajatlari bilan bog‘liq keng tarqalgan qarashlarni ko‘rib chiqadi.

UZINFOCOM vakillarining maqolani tayyorlashdagi ishtiroki .UZ domeni ma’muriyati mutaxassislarining DNS xavfsizligi va domen nomlari infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xalqaro professional muloqotdagi ishtirokini aks ettiradi.

Maqolaning to‘liq matni:

https://circleid.com/posts/common-beliefs-about-dnssec-put-to-the-test-an-invitation-to-fact-check-your-assumptions

Balida ICANNning 87-xalqaro konferensiyasi boshlandi
2026-yil 17–22-oktabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida Internet nomlari va raqamlarini taqsimlash korporatsiyasining (ICANN) 87-ochiq konferensiyasi — ICANN87 bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiya global internet tarmog‘ini rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun xalqaro internet hamjamiyati vakillari, texnik ekspertlar, domen sohasi mutaxassislari va boshqa manfaatdor tomonlarni birlashtirmoqda.

Ishtirokchilar diqqat markazida domen nomlari tizimini (DNS) rivojlantirish, kiberxavfsizlikni ta’minlash, internet infratuzilmasining barqarorligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, Internetni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turibdi. Shuningdek, yangi texnologik tendensiyalar va raqamli rivojlanish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Konferensiya doirasida global domen nomlari va IP-manzillar tizimining texnik, tashkiliy hamda strategik jihatlariga bag‘ishlangan ishchi sessiyalar, muhokamalar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

ICANN87 konferensiyasining Balida o‘tkazilishi ishtirokchilarga tajriba almashish, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda xavfsiz, barqaror va barcha uchun ochiq Internetni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikdagi yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

#ICANN87

Internetning ildiz DNS zonasida DNSSEC kaliti muvaffaqiyatli almashtirildi
2026-yil 11-oktabr kuni domen nomlari tizimining (DNS) ildiz zonasida kalitlarni imzolash kaliti (Key Signing Key, KSK) rejali ravishda almashtirildi. Yangi KSK-2024 kaliti ildiz zonasini imzolashda qo‘llanila boshlandi va avvalgi KSK-2017 kalitining o‘rnini egalladi. Bu haqda ICANN va Internet manzillar makonini boshqarish ma’muriyati (IANA) ma’lum qildi.

Ildiz kalitini almashtirish global domen nomlari tizimining xavfsizligi, barqarorligi va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan muhim chora hisoblanadi. KSK kaliti DNSSEC mexanizmida muhim rol o‘ynab, DNS ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va ularni soxtalashtirishdan himoya qilish imkonini beradi.

Yangi KSK-2024 kalitining identifikatori 38696. U oldindan e’lon qilingan bo‘lib, DNSSEC tekshiruvini qo‘llab-quvvatlaydigan DNS-rezolverlar operatorlariga ishonch sozlamalarini yangilash va tizimlarini yangi kalitga o‘tishga tayyorlash imkonini berdi.

ICANN ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 11-oktabr kuni soat 14:00 UTC da yangi kalit belgilangan jadval asosida qo‘llanila boshlandi. Tashkilot kalitni almashtirish bilan bog‘liq infratuzilmaning keng ko‘lamli uzilishlari alomatlarini qayd etmaganini bildirdi. Shu bilan birga, vaziyat monitoringi davom ettirilmoqda.

DNSSEC tekshiruvini amalga oshiradigan DNS-rezolverlar operatorlariga yangi kalit ishonchli kalitlar konfiguratsiyasida mavjudligini tekshirish tavsiya etiladi. Zarur yozuv mavjud bo‘lmasa, DNSSEC tekshiruvida xatolar va domen nomlarini aniqlash bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin.

KSK kalitini rejali almashtirish DNS’ning kriptografik xavfsizligini mustahkamlash va global internet infratuzilmasining ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan muntazam choralardan biridir.

Batafsil:

IANA: https://www.iana.org/news/2026/root-zone-begins-using-new-ksk-2026

ICANN: https://www.icann.org/resources/pages/ksk-rollover-en

Toshkentda TLDCON 2026 konferensiyasi boshlandi
22-sentabr kuni Toshkentda milliy domenlar administratorlari va registratorlarining 19-Xalqaro TLDCON 2026 konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Konferensiyaning mezbon tashkilotchisi — Yagona integrator UZINFOCOM. Tadbirda milliy domen ma’muriyatlari va registratorlari, xalqaro tashkilotlar, davlat tuzilmalari hamda texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.

TLDCON domen sohasi mutaxassislarini bir maydonga jamlab, milliy domen zonalari va internet infratuzilmasini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda amaliy tajriba almashish imkonini beradi.

TLDCON 2026 dasturidan sohaning dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, DNS infratuzilmasi va domen ekotizimlarini rivojlantirish, kiberxavfsizlik, domen muhitidagi suiiste’molliklarga qarshi kurashish, milliy domenlarni marketing va targ‘ib qilish, shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari o‘rin olgan.

Konferensiyaning birinchi kunida «Internet infratuzilmasida AI: qo‘llab-quvvatlashdan kiberhimoya va domen ekotizimlarigacha» mavzusidagi sessiya bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada .UZ domeni Administratsiyasi dasturchisi Shahnoza Xo‘jabekova ishtirok etdi. U .UZ domen zonasida sun’iy intellektdan foydalanish mavzusida taqdimot qilib, domen ma’muriyati faoliyatida AI texnologiyalaridan foydalanishning amaliy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.

Konferensiya doirasida ishtirokchilar domen sohasi, internet infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning dolzarb masalalari yuzasidan tajriba almashishda davom etmoqda.

ICANN vakilining O‘zbekistonga tashrifi doirasida .UZ domeni Ma'muriyati bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistonga tashrif doirasida .UZ domeni Ma'muriyati vakillari ICANNning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik bo‘yicha menejeri Seher Sagiroglu bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, L-Root serverini O‘zbekistonda joylashtirish, DNSSEC texnologiyasini rivojlantirish va qo‘llash, shuningdek, boshqa dolzarb texnik va ma’muriy masalalar muhokama qilindi.

L-Root serverining O‘zbekistonda joylashtirilishi DNS infratuzilmasining barqarorligi va ishonchliligini oshirish, ildiz DNS infratuzilmasiga murojaat qilishda tarmoq kechikishini kamaytirish hamda milliy internet makonining texnik barqarorligini mustahkamlash imkonini beradi.

Shuningdek, .UZ domeni Ma'muriyatining ICANN faoliyatidagi keyingi ishtiroki, xalqaro tashabbuslar va tashkilotning ishchi jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seher Sagiroglu, shuningdek, ICANNning kelgusidagi rejalari hamda texnik salohiyatni rivojlantirish va mintaqadagi DNS hamjamiyati bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi dasturlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv .UZ domeni Ma'muriyati va ICANN o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qo‘shma texnik tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

#ICANN #CCTLD #UZ

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin!
.UZ milliy domeni ma’muriyati O‘zbekistonning barcha aholisini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi!

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiy, ilmiy, madaniy va texnologik salohiyatini mustahkamlab, ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun O‘zbekiston yoshlar, biznes va jamiyat uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ishonch bilan olg‘a intilmoqda.

Yurtimizga tinchlik, barqarorlik, farovonlik va yangi yutuqlar, har bir oilaga esa baxt-saodat, osoyishtalik va ertangi kunga ishonch tilaymiz.

Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin, O‘zbekiston!

Yurtimiz bundan buyon ham izchil rivojlansin, uning raqamli kelajagi yanada ochiq, xavfsiz va innovatsion bo‘lib borsin!

#Mustaqillik35 #Uzb35

.UZ domen Ma’muriyati UZINFOCOM korporativ «O‘zbekistonni kashf eting!» tanlovida Sirdaryo viloyatini taqdim etdi
Tadbir milliy madaniyat, an’analar, gastronomiya, interaktiv mashg‘ulotlar va zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan tematik yarmarka formatida bo‘lib o‘tdi.

Jamoaning asosiy maqsadi Sirdaryo viloyatining zamonaviy qiyofasini namoyish etish, uning tabiiy boyliklari, madaniyati va texnologiyalarini uyg‘unlashtirishdan iborat bo‘ldi. Viloyat muhiti milliy liboslar, an’anaviy dasturxon va hududga xos tematik bezaklar orqali yaratildi.

Tadbirning asosiy mehmondorchiligi mashhur Sirdaryo qovunlari bo‘ldi. Viloyatning yorqin gastronomik ramzlaridan biri bo‘lgan qovunlar mehmonlarga Sirdaryoni nafaqat bilish, balki uning betakror ta’mini his qilish imkonini berdi.

Mehmonlar viloyat haqida ko‘proq ma’lumotni Sirdaryoning tabiati, tarixi, madaniyati va o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlangan interaktiv viktorina hamda taqdimot orqali olishdi. Ishtirokchilar viloyat haqidagi savollarga javob berib, turli sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Dasturning alohida qismi raqamli texnologiyalarga bag‘ishlandi. Tadbir uchun jamoa ishtirokchilari tomonidan Sirdaryoning ramzlaridan biri — Sirdaryoda baliq ovlash mavzusiga bag‘ishlangan onlayn o‘yin maxsus ishlab chiqildi. O‘yinda virtual baliq ovlanib, to‘plangan «baliq koinlari»ni turli shirinlik va qovunlarga almashtirish mumkin bo‘ldi. Shu tariqa jamoa tomonidan ishlab chiqilgan o‘yin Sirdaryo mavzusini zamonaviy IT texnologiyalari bilan bog‘lashning o‘ziga xos usuliga aylandi.

Tanlovdagi ishtirok .UZ domeni administratsiyasi jamoasiga Sirdaryo viloyatini uning tarixi, madaniyati, ta’mi, mehmondo‘stligi va raqamli kelajagi orqali turli qirralardan namoyish etish imkonini berdi.

Sirdaryo — bu dasht, suv, ta’m, mehmondo‘stlik va texnologiyalar. Sirdaryoga xush kelibsiz!

Bugun UZINFOCOM 24 yoshga to‘ldi!
29-iyul — biz uchun muhim sana. Mana 24 yildirki, UZINFOCOM O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shib, davlat xizmatlari, biznes jarayonlari va millionlab insonlarning kundalik hayotini qulay va zamonaviy qiladigan texnologiya hamda servislarni yaratib kelmoqda.

Har bir amalga oshirilgan loyiha ortida insonlar — bilimi, tajribasi va rivojlanishga bo‘lgan intilishi eng yuksak g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga yordam beradigan professionallar jamoasi turibdi.

UZINFOCOM tarixining bir qismi bo‘lgan va bo‘lib qolayotgan barchaga: xodimlar, hamkorlar va yechimlarimizga ishonch bildirgan har bir insonga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Oldinda bizni yangi loyihalar, yangi yutuqlar va yangi imkoniyatlar kutmoqda. Bu yo‘l ham shunday ishonchli, muvaffaqiyatli va ilhomlantiruvchi bo‘lsin.

Tug‘ilgan kuning bilan, UZINFOCOM!

.UZ domen nomlari soni 160 mingdan oshdi
Milliy .UZ domeni barqaror o'sishni davom ettirmoqda. 2026-yil iyul holatiga ko'ra, ro'yxatdan o'tkazilgan domen nomlari soni 160 mingdan oshdi, bu esa biznes subyektlari, davlat tashkilotlari va jismoniy shaxslarning milliy domen makoniga bo'lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Ro'yxatdan o'tkazilgan domenlar sonining ortishi internet-resurs egalari tomonidan .UZ domen nomlariga bo'lgan barqaror talabni aks ettiradi. .UZ domeni korporativ veb-saytlar, internet-do'konlar, axborot portallari va raqamli xizmatlarni joylashtirish uchun talab yuqori bo'lgan platformalardan biri bo'lib qolmoqda.

160 minglik marraning zabt etilishi .UZ domenining barqaror rivojlanayotganini hamda foydalanuvchilar orasida o'zining ommabopligini saqlab qolayotganini tasdiqlaydi.