ЯНГИЛИКЛАР

19.10.2026 | 148
Balida ICANNning 87-xalqaro konferensiyasi boshlandi



2026-yil 17–22-oktabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida Internet nomlari va raqamlarini taqsimlash korporatsiyasining (ICANN) 87-ochiq konferensiyasi — ICANN87 bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiya global internet tarmog‘ini rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun xalqaro internet hamjamiyati vakillari, texnik ekspertlar, domen sohasi mutaxassislari va boshqa manfaatdor tomonlarni birlashtirmoqda.

Ishtirokchilar diqqat markazida domen nomlari tizimini (DNS) rivojlantirish, kiberxavfsizlikni ta’minlash, internet infratuzilmasining barqarorligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, Internetni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turibdi. Shuningdek, yangi texnologik tendensiyalar va raqamli rivojlanish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Konferensiya doirasida global domen nomlari va IP-manzillar tizimining texnik, tashkiliy hamda strategik jihatlariga bag‘ishlangan ishchi sessiyalar, muhokamalar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

ICANN87 konferensiyasining Balida o‘tkazilishi ishtirokchilarga tajriba almashish, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda xavfsiz, barqaror va barcha uchun ochiq Internetni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikdagi yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

#ICANN87