ЯНГИЛИКЛАР

26.10.2026 | 46
DNSSEC: keng tarqalgan afsonalarni faktlar bilan tekshiramiz

CircleID xalqaro sohaviy platformasida DNSSEC texnologiyasi haqidagi keng tarqalgan qarashlar va uning zamonaviy imkoniyatlarini faktlar asosida tekshirishga bag‘ishlangan “Common Beliefs About DNSSEC Put to the Test: An Invitation to Fact-Check Your Assumptions” nomli maqola e’lon qilindi.

.UZ domeni ma’muriyati xodimlari maqolani tayyorlash jarayonida ishtirok etgan. Ularning ismlari maqolada keltirilgan faktlarni qo‘llab-quvvatlagan ekspertlar ro‘yxatida qayd etilgan.

Maqola muallifi, deSEC notijorat tashkiloti vakili Barbara Jantzen DNSSEC texnologiyasining texnik ishonchliligi, xavfsizligi, joriy etish murakkabligi va ekspluatatsiya xarajatlari bilan bog‘liq keng tarqalgan qarashlarni ko‘rib chiqadi.

UZINFOCOM vakillarining maqolani tayyorlashdagi ishtiroki .UZ domeni ma’muriyati mutaxassislarining DNS xavfsizligi va domen nomlari infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xalqaro professional muloqotdagi ishtirokini aks ettiradi.

 

Maqolaning to‘liq matni:

https://circleid.com/posts/common-beliefs-about-dnssec-put-to-the-test-an-invitation-to-fact-check-your-assumptions