ЯНГИЛИКЛАР

02.07.2025 | 331
Domen nomi — bu shunchaki sayt manzili emas!

Bugungi kunda domen nomidan yanada samarali foydalanish mumkin. Sayt joylashtirishdan tashqari, domen quyidagi imkoniyatlarni ham beradi:

  • Korporativ pochta uchun. Domenni, masalan, Gmail xizmatiga ulab, zamonaviy va professional ko‘rinishdagi pochta manziliga ega bo‘lishingiz mumkin: ismingiz@gmail.com o‘rniga info@sizning.domeningiz. Bu sizga nisbatan ishonchni oshiradi va mijozlar bilan aloqani yanada jiddiyroq ko‘rsatadi.
  • Telegram uchun. Domeningizni o‘z Telegram-kanalingizga ulang, shunda foydalanuvchilar sizni ancha oson topa oladi. Faqatgina domen nomini brauzerga kiriting — brauzer avtomatik tarzda sizning Telegram-kanalingizga yo‘naltiradi. Bu qulay, zamonaviy va o‘z brendingizga mos qisqa manzil sifatida ishlaydi.

Eng chiroyli, esda qoladigan va qisqa domen nomlarini .UZ zonasidagi Bo‘shagan domenlar auktsionida topishingiz mumkin. Ideal domeningizni topishga ulgurib qoling!